1 mlrd so‘mlik sintetik narkotik saqlagan “zakladchik” ushlandi
3-sahifa
−
23 iyul
4650Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 iyul kuni Toshkent viloyati IIBB tezkor qidiruv xizmati tomonidan Toshkent tumani IIB va DXX hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2002 yilda tug‘ilgan A.T. o‘zining Tracker avtomashinasida vazni 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaktsiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida uyida “marixuana” saqlagan fuqaro qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi