1 mlrd 100 mln so‘mlik smartfonlar kontrabandasi fosh qilindi
Jamiyat
−
09 avgust 2019
5885Namangan viloyatida naqd 1 mlrd 100 mln so‘mlik qo‘l telefonlari kontrabandasining oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi Cobalt va Nexia-3 rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va xech qanday xujjatlari bo‘lmagan qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.
“RED MI” va “HUAWEI” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd 100 mln 102 ming so‘mni tashkil qilar ekan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi