1 milliard so‘mdan ziyod boyliklar kontrabandasi ushlab qolindi
Jamiyat
−
06 fevral 2020 9976 1 daqiqa
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Ohangaron” tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu, fuqaro K.B. boshqaruvidagi Lacetti va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Xabarga ko‘ra, avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech kanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar