1 maydan boshlab aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi

Jamiyat

image

1 maydan boshlab aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida respublikada turizm salohiyatini jadal rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviapark 44 taga yetgan. O‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti “beshinchi osmon” rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paygan.

Lekin ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:

  • yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
  • aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish; 
  • 1 maydan boshlab vodiydan Urganch, Termiz, Buxoro, Samarqandga, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.

Ushbu yig‘ilishda jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

videoselektor Shavkat Mirziyoev aviabilet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing