1 martdan telefon tarmog‘i uchun abonent to‘lovi oshadi

Jamiyat

image

2019 yil 1 martdan “Telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflarining chegara darajalari” preyskurantiga muvofiq belgilanadigan telekommunikatsiya universal xizmatlari tariflari o‘zgaradi. Bu haqda “O‘zbektelekom” AK Matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, yakka tartibda simli abonent liniyasi bo‘yicha telefon tarmog‘iga ulangan asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi shaharda 5800 so‘m, qishloqlarda 2600 so‘m etib belgilandi.

Shu qatorda, telefon aloqasi xizmati uchun abonent to‘lovi va vaqtbay to‘lov tizimi uchun hisob-kitob tizimi soddalashtirildi va kechki vaqt hamda dam olish (shanba, yakshanba, ayram) kunlari mahalliy va shaharlararo telefon tarmoqlariga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun pasaytirilgan koyeffitsiyentlar bekor qilindi. 

Bundan tashqari, xonadonlar telefoni va mehmonxonalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun o‘rnatilgan telefonlardan kreditga taqdim etiladigan so‘zlashuvlarda har bir so‘zlashuv uchun ustama miqdoridagi to‘lov haqi bekor qilindi. 

Boshqa universal xizmatlar tariflari oldingi holida saqlangan.

Ta’kidlash lozimki, telefon tarmog‘iga ulash uchun ro‘yxatga olish to‘lovi va telefondan foydalanishdagi to‘lovlarga o‘rnatilgan imtiyozlar o‘z kuchini saqlab qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” AK oxirgi martta tariflarni o‘tgan yilning yanvar oyida 30 foizga oshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbektelekom telefon tarmog'i

Baholaganlar

69

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing