“Daryo” elektron nashri davlat tasarrufiga o‘tdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi eng yirik xususiy nashrlardan biri Daryo.uz davlat tasarrufiga o‘tdi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyesteri ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Daryo.uz sayti muassisi bo‘lgan “Simple Networking Solutions” MCHJning 100 foiz ulushi “O‘zbektelekom” AJga o‘tgan.

Qayd etish kerakki, bungacha MCHJning faqat 50 foiz ulushi “O‘zbektelekom”ga tegishli edi. Qolgan 50 foiz ulush Fayzullayeva Firuza Baxtiyarovna (30 foiz) va Fayzullayev Shukurulla Nasibullayevich (20 foiz) ga tegishli bo‘lgan.

Daryo.uz nashri bosh muharriri Muxrim A’zamxo‘jayev “O‘zbektelekom” AJ “Simple Networking Solutions” MCHJdagi ulushini ko‘paytirganini tasdiqlab, bu yaqin kunlarda sodir bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

A’zamxo‘jayevga ko‘ra, tahririyat ta’sischisi bo‘lgan MCHJ hissadorlari tarkibida o‘zgarish bo‘lishi nashr faoliyatiga ta’sir o‘tkazmagan.

“O‘zbektelekom” AJning 94,25 foiz ulushi (177 586 506 dona aksiya) davlatga tegishli.

Ma’lumot uchun, Daryo.uz nashri 2013 yil yanvardan beri faoliyat yuritib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbektelekom

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing