Tezlik 1,5-2 barobarga oshdi, abonent to‘lovi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qoldi – “O‘zbektelekom”
Biznes
−
19 iyun 2021
11640Joriy yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida OAV vakillariga “O‘zbektelekom” AK tomonidan yangi texnologiyalar asosida O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur muhitni yaratish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini tegishli davlat xizmatlari bilan ta’minlash orqali O‘zbekiston Respublikasining jadal sur’atlarda raqamlashtirilishi, raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, 2020 yil 5 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar namoyish etildi.
“O‘zbektelekom” AK tomonidan mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yil 1 maydan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali taqdim etiladigan kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20% gacha arzonlashtirilib 32 ming so‘m etib belgilangan. Mazkur xizmat narxi so‘nggi 3 yil ichida 7,5 barobardan ko‘proqqa arzonlashtirilganini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanligini samarali zaxiralash maqsadida, “O‘zbektelekom” AK modernizatsiya ishlarini olib bormoqda va ushbu ishlar doirasida mavjud 1 200 Gbit/s tezligi 3 200 Gbit/s gacha oshiriladi.
Magistral transport tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish doirasida 2020 yilda “O‘zbektelekom” AK transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanligi viloyat markazlariga qadar 600 Gbit/s.gacha va tuman markazlariga qadar 60 Gbit/sekundgacha, magistral transport tarmog‘ining umumiy quvvati 23 Tbit/s.ga yetkazildi. Shuning natijasi o‘laroq 2021 yil 1 yanvardan operator va provayderlar uchun transport kanallari xizmati narxi
2 barobarga arzonlashtirildi, joriy yil 1 maydan narx yana 30% ga arzonlashtirildi.
Brifingda nafaqat transport tarmog‘i, balki mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish haqida ham so‘z yuritildi.
Aholiga simli keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish, yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida Kompaniya keng polosali ulanish portlari soni
2,3 milliontaga yetkazildi. 2021 yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 1 milliondan ko‘proq port o‘rnatib, ularning umumiy soni 3,3 millionga yetkazish rejalashtirilgan.
Abonentlar uchun ajoyib sovg‘a sifatida 2021 yil boshidan UNLIM seriyasining yangilangan tariflari amalga kiritilganini keltirish mumkin. Yangilangan tariflar to‘plamida yanada yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish ta’minlandi. Tezlik o‘rtacha 1,5-2 barobarga oshirilgan bo‘lsa, abonent to‘lovi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan.
Abonentlarimizning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, ilk marotaba aholi uchun haqiqatan 300 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tezkor cheksiz tarif rejalar, shuningdek
1 000 Mbit/s.lik “gigabit tezlik”dagi tariflar joriy etildi.
Onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM ma’lumotlar markazi bazasida videokonferensiyalar uchun qulay va ko‘p tarmoqli platforma xizmatlarini taklif etdi.
Hozirgi vaqtda ham optik-tolali liniyalar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ulash bo‘yicha so‘rovlarning hajmi kattaligi sabab, ayrim joylarda xizmatlarga ulanish muddatlari cho‘zilayotganligi kuzatilmoqda.
“O‘zbektelekom” AK butun mamlakat bo‘ylab optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda.
Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan butun O‘zbekiston bo‘ylab, optik tolali aloqa tarmog‘ini yanada kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, bugungi kunda yotqizilgan optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 72,1 ming km ni tashkil etadi. Birgina 2020 yilda 37 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 2021 yilda optik tolali aloqa liniyasining umumiy uzunligini 122 ming km ga yetkazish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Respublika bo‘ylab Kompaniya simsiz keng polosali Internetga ulanish texnologiyalari – WTTx texnologiyalarini joriy etish ustida ish olib bormoqda.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan eng zamonaviy aloqa xizmatlarini joriy etish eng qisqa vaqt ichida “Raqamli O‘zbekiston”ga o‘tish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Yagona Call-markaz:1099
Tehnik qo‘llab-quvvatlash
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida