1 iyuldan soliq qonunchiligida nimalar o‘zgaradi? 

Foydali

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ertaga, 1 iyuldan mamlakat soliq qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab: 

  • o‘rta tibbiyot mutaxassislariga o‘zini o‘zi band qilish asosida “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanish uchun ruxsat beriladi; 
  • soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bekor qilindi. Soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL - JSHSHIR) orqali amalga oshirishga o‘tiladi;
  • asosiy faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi;
  • maishiy texnikalarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi start oladi; 
  • davlat organlari, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida va o‘zining rasmiy veb-saytida bir qator ma’lumotlarni joylashtiradi.

Avvalroq, 1 iyuldan o‘zbekistonliklar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida ma’lumot bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

soliq 1 iyul'

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing