1 dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshadi
Jamiyat
−
17 noyabr 2023
48647Joriy yilning 1 dekabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoni bilan joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi.
Xususan:
• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
• yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 1 dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 million kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7 foizga oshgan holda hisoblanadi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 1 dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun, yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5 foizga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, ya’ni 13 foizni tashkil etgan.
LiveBarchasi