1 avgustdan jarimalar ham oshadi

Jamiyat

image

Avvalroq, 2025 yil 1 avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanishi xabar qilingandi. Bu esa bazaviy hisoblash miqdoriga qarab hisob-kitob qilinuvchi jarimalar narxida ham endilikda ko‘tarilish bo‘lishini anglatadi.

Masalan, yo‘l qoidalarining buzilganligi uchun jarimalar quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

  • Taqilmagan kamar uchun – 206 000 so‘m;
  • Texnik ko‘rik, birinchi tibbiy yordam to‘plami bo‘lmaganlik uchun – 206 000 so‘m;
  • Transport vositasini hujjatsiz haydaganlik uchun  – 412 000 so‘m;
  • Transport vositasini sug‘urtasiz haydash – 412 000 so‘m;
  • Svetoforda qizil chiroqdan o‘tish – 824 000 so‘m;
  • Noqonuniy parkovka qilganlik uchun ham  – 824 000 so‘m;
  • Davlat raqamisiz avtomobilni boshqarish – 2 mln 60 ming so‘m;
  • Tezlik (+20 km/soat) – 412 000;
  • Tezlik (+20-40 km/soat) – 2 mln 60 ming ming so‘m;
  • Tezlik (+40-60 km/soat) – 3 mln 708 ming so‘m;
  • Tezlik (+60 km/soat) – 6 mln 180 ming so‘m;
  • Qarama-qarshi tirbandlikda harakatlanganlik uchun – 4 mln 120 ming so‘m;
  • Mast holatda transport vositasini boshqarish – 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha mashina boshqarish huquqidan mahrum qilish.
  • Ruxsatsiz rang berganlik – 10 mln 300 ming so‘m
  • “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish uchun esa  – 16 mln 480 000 so‘m jarima to‘lanadi.

Shuningdek, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, 412 mingdan 1 mln 236 ming so‘mgacha, jamoat joylarida sigaret chekkanlik uchun esa 137 ming so‘m jarimaga tortiladi.


Maqola muallifi

Teglar

jarimalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing