1,7 mln o‘zbekistonlik muhojirlikda ekani aytildi. Ularning asosiy qismi ikki davlatda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugungi kunda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1,7 million O‘zbekiston fuqarosi xorijda mehnat qilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun 1,7 mln. o‘zbekistonlik chet elda, asosan, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilmoqda. Yiliga esa mehnat bozoriga 600 ming ishchi kuchi kirib kelmoqja.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida migrantlar masalasiga alohida urg‘u berilgani, shu kunning o‘zida Rossiyada “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari” mavzusida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya forumi ham migratsiya masalasining mintaqadagi ahamiyatini belgilab berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston YeOIIga a’zo davlatlar ichida mehnat resurslari bo‘yicha Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. Rossiyadagi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy fuqarolar soni bo‘yicha esa, O‘zbekiston birinchi o‘rinda turadi.

Bundan tashqari, 2021 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston hukumati bilan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandum hamda chora-tadbirlar Rejasi imzolangan. Mazkur hujjatlar mehnat qiluvchilarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, tashkiliy tanlov asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining 26 ta, Qozog‘istonning 14 ta ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing