1-2 kun o‘tirib chiqsa, kamerani hidini bilsa, jinoyat qilmaydi – Ortiqova

Jamiyat

O‘zbekistonda mansabdorlarning noqonuniy pullarni legallashtirishi anchayin jiddiy muammo. Buning sababi mansabdorlar o‘z shaxsiy boyligini o‘ylab, ertaga “qora kursi”ga o‘tirishi mumkinligini unutishmoqda. Bu fikrlar bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova tomonidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida yagradi. 

“Ming afsus, mansabga o‘tirganlar, shaxsiy boyligimni orttirishim kerak, deb adashganidan ularning hukmidan, qancha jazo olganidan xabarimiz bor. Har bir mansabdor xalq uchun xizmat qilishim kerak deb o‘ylaganda, “qora kursi”da o‘tirmagan bo‘lar edi.

Bunday holatlar prokuratura, soliq, bojxona yoki boshqa tizimda bo‘ladimi, davlatimizga obro‘ keltirgani yo‘q. Mana shu mansabdorlar jinoyatga qo‘l urganda, Vatanni, xalqni, davlatni ozgina bo‘lsa ham o‘ylaganda, shunday qilmagan bo‘lardi.

Men shu tizimda 40 yildan ortiq ishlaganman. Sudya, prokurorlar ham shu ahvolga tushishimni bilganimda, bu ishga qo‘l urmasdim deb yig‘laganlarini ko‘rganman”, deydi Bosh prokuror o‘rinbosari Ortiqova o‘z shaxsiy fikrini bildirib.

U so‘zida davom etib, quyida keltirilgan gaplarini ommaga e’lon qilish yoki qilmaslikni OAV xodimlarining vijdoniga havola qildi. Biz OAV sifatida Ortiqova xonimning gaplari barcha jabhadagi mansabdorlarga yana bir ogohlantirish bo‘lishi uchun uni e’lon qilishga qaror qildik.

“Biror odam mansabga o‘tirishdan oldin koloniyada 1-2 kun o‘tirib, turmaga kirib chiqsa, kamerani hidini bilsa, hech qachon jinoyatga qo‘l urmaydi. Odamlar buni bilmaydi”, deydi Svetlana Ortiqova.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing