1 haftada qariyb 20 mlrd so‘mlik tok va gazni o‘g‘irlaganlar ushlandi
3-sahifa
−
10 aprel
41801-7 aprel kunlari O‘zbekiston miqyosida 19,5 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1-7 aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va O‘zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzilgan.
Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirilgan. Respublika bo‘yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Mazkur yo‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan va Samarqand viloyatlarida 2,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona va issiqxona aniqlangan edi.
LiveBarchasi