Imomali Rahmon oshxo‘rlarga hakamlik qildi
Olam
−
19 Oktabr 2020 13138 1 daqiqa
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon So‘g‘d viloyatida “Eng yaxshi oshxo‘r” muobaqasida hakamlik qildi. Musobaqada birinchi o‘rinni Aynin tumanidan bo‘lgan Bahodur Shokirov qo‘lga kiritdi va 3 ming somoni mukofotni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘olibi 700 gramm palovni besh daqiqada paqqos tushirib, qolgan besh nafar ishtirokchini ortda qoldirdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar berdi.
Musobaqada jami 6 kishi qatnashdi. Musobaqaning qolgan ishtirokchilari ming somonidan mukofotni qo‘lga kiritdi.
Qayd etilishicha, “Mehrgon” bayrami doirasida so‘g‘dlik oshpazlar deyarli 2 tonna palov tayyorlagan. Undan nogironlar uyi, bolalar va qariyalar uyiga ham tarqatilgan.
Musobaqa Imomali Rahmonning So‘g‘d viloyatiga yaqinda amalga oshirgan tashrifi vaqtida o‘tkazilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr