O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 49 mingdan oshdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
7477Bugun, 16 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 239 nafarga ortib, 49 015 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 201 nafari Toshkent shahrida;
• 22 nafari Toshkent viloyatida;
• 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 231 nafar, Toshkent viloyatida 62 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 45 422 (+364) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 186 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi