London Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha shaffof tergovni talab qilyapti
Olam
−
09 Sentabr 2020
5131Buyuk Britaniya saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishida aybdorlarni javobgarlikka tortadigan “puxta, ishonchli va shaffof tergovni doimiy ravishda talab qiladi”. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda so‘z boradi.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy London "qotillikda ishtirok etgan 20 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosiga, jumladan shu hafta hukm qilingan sakkiz kishiga qarshi sanksiyalar qo‘llaganini" esga oldi.
"Qotillik uchun mas’ul bo‘lganlar ushbu dahshatli jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi adolatdan va biz doimo Saudiya Arabistoni bunday holat takrorlanmasligini ta’minlashi kerakligini ta’kidlaymiz", deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Saudiya Arabistoni sudi dushanba kuni Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulligi binosida jurnalist Jemal Kasikchining vahshiylarcha o‘ldirilishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.
Sud beshta ayblanuvchini har biriga 20 yil, uch kishiga 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining suddan tashqari qotillik bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Agnes Kallamar Saudiya Arabistoni sudining jurnalist Jamol Kashikchining o‘ldirilishi bo‘yicha hukmini yuqori martabali sheriklariga jazodan qochishga imkon bergan "adolat parodiyasi" deb atadi.
Joriy yil7 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni sudida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulligi binosida “The Washington Post” gazetasi jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi yuzasidan mahkama bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Qirollik Bosh prokuraturasining rasmiy vakili qotillikda ayblangan sakkiz kishining besh nafariga 20 yil qamoq jazosi tayinlangani, bir kishi o‘n va yana ikki nafar ayblanuvchi yetti yilga qamalganini ma’lum qildi.
Rasmiy Anqara mazkur qotillik bo‘yicha sudni Saudiya Arabistonida emas, balki Qoshiqchi o‘ldirilgan Istanbulda tashkil etilishi tarafdori ekanini ma’lum qilib, Ar-Riyodni jurnalistning qotilligiga aloqadorlarni ekstraditsiya qilishga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida
Ar-Riyod siyosatiga oid tanqidiy maqolalari bilan tanilgan Qoshiqchi 2017 yildan beri AQSHda yashab, “The Washington Post” gazetasida ishlagan. U 2018 yilning 2 oktyabr kuni o‘z mamlakatining Istanbuldagi bosh konsulxonasiga tashrif buyurganida g‘oyib bo‘lgan. 20 oktyabr kuni Saudiya rasmiylari jurnalist to‘qnashuv natijasida diplomatik vakolatxona binosida o‘ldirilganini xabar qildi.
Saudiya Arabistoni Bosh prokurori 2018 yil 15 noyabrda tergovning dastlabki natijalarini e’lon qildi: qirollikning 11 fuqarosi qotillikka aloqadorlikda ayblanib, ulardan besh nafari o‘lim jazosiga mahkum etildi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida yana uch kishiga jami 24 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi.
Istanbul prokuraturasi esa Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilingan 20 kishiga qarshi da’vo arizasini tayyorladi. Unda ularga umrbod qamoq jazosi talab qilingan.
LiveBarchasi