Bayrutda Makronning samolyoti bilan favqulodda holat yuz berdi

Olam

image

Livan poytaxti Bayrutda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samolyoti bilan favqulodda holat yuz berdi.

Makronning Airbus A330 samolyoti Bayrut aeroportida samolyot angariga urilgan. Samolyot tezlik olayotgan vaqtda qanoti bilan angarga tegib ketgan.

Hodisada hech kim jabrlanmagan. Makron esa Iroqqa jo‘nab ketgan. U yerdan Dassault Falcon zaxira samolyotida Fransiyaga uchib ketadi.

Makron Livanga siyosiy muhit bilan tanishish uchun borganini ma’lum qilgandi. U tashrifi vaqtida Livan Hukumatini tezroq shakllantirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, Fransiya yetakchisi mamlakatda korrupsiya qarshi kurash va odil sudlov bo‘yicha islohtlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Livan Fransiyaning sobiq mustamlaka hududi hisoblanadi. Ushbu arab davlati Birinchi jahon urushidan keyin to 1943 yilgacha Fransiya mandatida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Bayrut portida yuz bergan yirik portlashdan keyin mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar sabab Livan Hukumati iste’foga chiqdi. 

Portlashda so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 193 kishi halok bo‘lgan. Portlashga port omborxonasida saqlangan yirik miqdordagi ammiakli natriy moddasi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing