Toshkentda aholi orasida 50 yaqin odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 nafarga oshib, 9708 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6425 (+174) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3252 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing