Janubiy Koreya O‘zbekistonga 79 ming dollarlik gumanitar yordam jo‘natdi

Jamiyat

image

Gumanitar yordamning navbatdagi partiyasi Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga jo‘natildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Bugun, 9 iyun kuni Koreya Respublikasidan 79 ming dollarlik gumanitar yordamning navbatdagi partiyasi Toshkentga yetib keldi.

Yuklarning ichida:

- 36 ta avtomat mexanizm va tibbiy ko‘rpa-to‘shakka  ega ko‘p funksionalli krovat;

- PSR diagnostikasi uchun 2,2 ming tezkor test;

- shifoxona palatasida salbiy bosimni yuzaga keltiradigan 2 ta uskuna;

- antiseptik vositalar uchun 100 dona dispenser mavjud.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga gumanitar yordamning navbatdagi – oltinchi partiyasi yuborildi. O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu yordamning umumiy qiymati 28 ming dollar, deya baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing