Yunusobodda 12 yashar bola o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image
Tergovchilar meni ham shubhalantirdi – Toshxo‘jayev 12 yashar bola qurbon bo‘lgan YTH bo‘yicha brifing o‘tkazdi north_east

Tergovchilar meni ham shubhalantirdi – Toshxo‘jayev 12 yashar bola qurbon bo‘lgan YTH bo‘yicha brifing o‘tkazdi

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ayblanuvchi L. Tolmachyovaga (1977 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati – rus, ma’lumoti – oliy, uch farzandi bor, avval sudlanmagan) nisbatan ochilgan jinoiy ishni ko‘rib chiqish yakunlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Sud majlisi sudya E.Shamsutdinov raisligida bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki tergov organi tomonidan L.Tolmachyova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan (yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidasini buzish) jinoyatni amalga oshirishda ayblangan.

Jinoiy ish materialiga ko‘ra L. Tolmachyova 2019 yil 4 iyun soat 18:26 da Toshkent shahar Yunusobod tumani 11-mavzesidagi 5, 6, 7-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘lda o‘ziga tegishli Nexia-3 rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotganda yaqin atrofdagi uylarda yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan G.A., I.S., Ya.S. va 2006 yilda tug‘ilgan F.R. yo‘l chetida turganini ko‘rsa ham, harakatni davom ettirib, yo‘l harakati qoidasini jiddiy tarzda buzgan va voyaga yetmagan G.A., I.S., Ya.S.ni avtomobilida bosib ketgan.

Hodisa natijasida olgan tan jarohatlari sababli G.A. vafot etgan. Ya. S. yengil tan jarohati olgan. I.S. esa o‘rta darajadagi og‘ir jarohat olgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi, guvohlar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakillari eshitilgan, dalillar va himolanuvchi tomonning isbotlari ko‘rib chiqilgan.

Sud tergov materiallarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, L. Tolmachyovani Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topdi.

Sudning 18 maydagi qarori bilan L. Tolmachyova 4 yil muddatga ozodlikdan va 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Sud jazoni manzil-koloniyada o‘tash va jazo muddati 2019 yil 6 iyundan hisoblanishini belgiladi.

Tomonlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi qarori ustidan 10 kun muddatda shikoyat qilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

sud YTH

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing