O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 2800 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
18 may 2020
12320O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 12 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
2020 yil 18 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 nafarni tashkil qilmoqda. Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 1 nafari Tojikistondan kelib, karantinga olingan, 3 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2314 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi