Prezident Administratsiyasi tadbirkorlar uchun maxsus Telegram-botni ishga tushirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus "Help Business" (Biznesga Yordam) Telegram-botini ishga tushirdi. Bot karantin vaqtida tadbirokorlar va rasmiylar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Bot orqali karantin davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlashga oid qabul qilinayotgan Prezident qarorlari loyihalariga takliflar berish mumkin.

Help Business Uzbekistan nomli bot quyidagi manzilda joylashgan: http://t.me/help_business_uzbot

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 19 martdagi farmoni bilan inqirozga qarshi choralar doirasida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ berilishi belgilandi. 3 aprel kuni Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi farmon imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing