O‘zbekistonda qaysi viloyatlarda koronavirus aniqlangani aytildi

Jamiyat

image
Odamlarning ko‘zi go‘rga kirgach ochiladimi yoxud Hukumat qayerda xato qildi? north_east

Odamlarning ko‘zi go‘rga kirgach ochiladimi yoxud Hukumat qayerda xato qildi?

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar bugun, 30 mart soat 15:00 holatiga ko‘ra 145 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda ushbu infeksiyani yuqtirib olgan bemorlardan ikki nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 7 nafari sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus aniqlangan hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni ochiladi. Qayd etilishicha, koronavirus Toshkent shahri va 7 viloyatda aniqlangan. Bular: 
•    Toshkent shahri;
•    Toshkent viloyati;
•    Farg‘ona viloyati;
•    Namangan viloyati;
•    Andijon viloyati;
•    Buxoro viloyati;
•    Xorazm viloyati;
•    Qashqadaryo viloyati.

Ayni vaqtda mamlakatda choralar kuchaytirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan joriy yilning 24 martidan e’tiboran mamlakatda kuchaytirilgan tartib joriy etildi

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 28 mart kuni qabul qilgan qaroriga ko‘ra, 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi. Ammo stikerlar berishi boshlangani yo‘q. Tartib bekor qilingani bo‘yicha gap-so‘zlar tarqalishiga qaramay, mas’ul idoralar rasmiy bayonot bilan chiqqanicha yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing