O‘zbekistonliklar koronavirus haqida biladimi?
Jamiyat
−
16 mart 2020
13468Xabaringiz bor kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.
Bugun, 16 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 nafarga yetdi.
Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikning tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.
Koronovirusning mamalakatga kirishi ortida odamlarda orasida vahima ko‘tarildi. Iltimoiy tarmoqlarda esa turli yolg‘on ma’lumotlar tarqala boshladi. Shu sababdan odamlarning koronavirus haqida fikrini bilish uchun so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnoma ishtirokchilariga quyidagi savollar berildi:
• O‘zimizni himoya qilishimiz uchun qanday choralar ko‘rishimiz kerak?
• Koronavirusning qanday alomatlari borligini bilasizmi?
• Hamma xavotirga tushib bozorga yugurdi, bu qanchalik to‘g‘ri?
• O‘zbekiston koronavirusni yenga olishiga ishonasizmi?
Respondentlarning fikrini YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.