O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Shu yilning 15 mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik.

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 14 mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” avia kompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya qayd etilgan edi.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1011

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing