Koronavirus effekti: O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini qisqartirmoqchi
Jamiyat
−
07 mart 2020
8894O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Bu haqda jurnalist Joanna Lillis ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Menga bugun Energetika vaziri o‘rinbosari Jasurbek Mirzamahmudov koronavirus sabab talab tushib ketgani uchun O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini aytdi. Hajm hali kelishilmagan”, deb yozgan Lillis.
Deputy energy minister Jurabek Mirzamakhmudov told me in an interview today that #Uzbekistan is in talks with #China about cutting gas exports because of falling demand due to #coronavirus effect. Volume not agreed yet
— Joanna Lillis (@joannalillis) March 6, 2020
Avvalroq, “Reuters” agentligi PetroChina kompaniyasi gaz importini qisqartirganini ma’lum qilgandi. Bunga koronavirus epidemiyasi ortidan talabning tushib ketishi sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston tomoni hozircha bu masalada hech bir rasmiy ma’lumot bermadi.
LiveBarchasi