Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 91 foizga yetkaziladi – Bosh vazir va’dasi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 2030 yilgacha Hukumat oldida turgan ustuvor vazifalar va rejalar haqida ma’lumot berdi. Bosh vazirning qayd etishicha, O‘zbekistonda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 91 foizga yetkaziladi. 

“Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash suv istem’olini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etishni nazarda tutgan 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda 2030 yilda aholining ichimlik suvi ta’minoti darajasini bugungi kundagi 69 foizdan 91 foizga, shaharlar va tuman markazlaridagi oqova suv tizimi ta’minoti darajasini 16 foizdan 31 foizga yetkazilishi ta’minlanadi”, deydi Aripov.

Tahririyat: Ayni vaqtda mamlakat aholisini ayniqsa 11 mingdan ziyod qishloqlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. 

Mamlakatda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 68 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich, jumladan, Qoraqalpog‘istonda 52 foiz, Buxoroda 53, Qashqadaryo va Surxondaryoda 54, Xorazmda 56 foizga yetgan, xolos.

Toshkent shahrida suv ta’minoti korxonalari rentabelligi 7 foiz, Andijon va Qashqadaryoda 6, Navoiyda 3 foizni tashkil etadi. 

27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo‘lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Shaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta’mirga muhtoj.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Bosh vazir

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing