23000 — Adliya vazirligi O‘zbekistonning yirik muammosiga e’tiborni qaratdi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletov ijtimoiy rolik orqali odamlar e’tiborini mamlakatda oilaviy ajrimlar masalasiga qaratdi. 

U o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga vazirlik tashabbusi bilan tayyorlangan videorolikni joylashtirdi va izohga quyidagilarni yozib qoldirdi: 

“23000. Bu raqam qaysi sohaga tegishli, deb o‘ylaysiz? Agar u insonlar taqdiri bilan bog‘liq statistika, deydigan bo‘lsak, holat yanada jiddiylashadi.

Bu 2019 yilda FHDYO organlari orqali nikohi bekor qilingan holatlar statistikasi. Juda katta va qo‘rqinchli.

Eng yomoni, ajralish natijasida necha-necha murg‘ak qalblar vayron bo‘lyapti, yetim qolyapti. Bu narsani hech qanday statistik raqamlar bilan baholab bo‘lmaydi. Bu jarohat izi farzand qalbida umrbod qoladi.

Shu muammoga ozgina bo‘lsa ham aholining e’tiborini qaratish maqsadida, kichkina videorolik tayyorladik. Xulosa o‘zingizdan, o‘ylab ko‘ring”. 

Davletovning qayd etishicha, joriy yilda 195 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Ruslan Davletov

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing