Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi deputatlikka ko‘rsatildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatdagi 5 siyosiy partiya allaqachon o‘z nomzodlarini olg‘a surib bo‘ldi.

Nomzodlar orasida Toshkent shahar hokimi – senator Jahongir Ortiqxo‘jayevning ham nomi bor. Uning nomzodi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 48-“Tinchlik” saylov okrugidan ilgari surilmoqda. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

1996-2011 yillarda “Jahongir” MCHJ direktori;

2011-2017 yillarda “Artel Injiniring” MCHJ direktori;

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi DUK rahbari lavozimlarida ishlagan. 

2018 yilning aprel oyidan boshlab Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning 1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi ilgari surildi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi. Uning nomzodi 23-“Moyqo‘rg‘on” saylov okrugida O‘zLidep partiyasidan ko‘rsatilgandi.

2018 yilning 18 sentyabr kuni Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida ro‘yxatga olindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing