Trampning impichmenti uchun ochiqcha harakat boshlandi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi Prezident Donald Trampning impichmentini rasman boshlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

Rezolyutsiyani palataning 232 deputati qo‘llab quvvatladi, 196 nafari qarshi bo‘ldi. Respublikachilar partiyasining barcha deputatlari va ikki nafar demkort qarshi bo‘lganlar qatoridan joy oldi.

Rezolyutsiya oltita qo‘mitaga, xususan, Razvedka va xalqaro aloqalar qo‘mitasiga Trampning Ukrainaga nisbatan munosabatini surishtirish mas’uliyatini yuklaydi. Surishtiruvning maqsadi Vakillar palatasida o‘z vakolatidan foydalanib, amaldagi Prezidentning impichmentini e’lon qilishga yetarli asos borligini o‘rganishdan iborat.

Vakillar palatasining Razvedka qo‘mitasi raisi demokrat Adam Shiffning so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiya shu vaqtgacha yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan eshituvlarni ochiqcha o‘tkazish imkonini beradi.

AQSHda mamlakat Prezidentining impichmenti mashmashasi Trampning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotidan keyin boshlandi.

Demokrtalar Tramp suhbat vaqtida Zelenskiydan rasmiy Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam evaziga Ukrainada AQSHning sobiq vitse-Prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘liga nisbatan korrupsiya ayblovi bilan jinoyat ishi ochishni so‘raganini idao qildi. Demokrat Bayden yaqinlashayotgan 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida Trampning asosiy raqibi sanaladi.

Demokratlarning fikriga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga bosim o‘tkazib, ikkinchi muddatga qayta saylanish uchun Kiyevning yordamidan foydalanishga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp impichment

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing