IIV pensiyasi kimlarga beriladi? Vazirlik vakili javob berdi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2019
19451O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasining nafaqaga chiqqan xodimlariga vazifasining og‘irligi sababli boshqa kuchishlatar tashkilotlar xodimlari singari alohida bir belgilangan koeffitsent bo‘yicha pensiya tayinlanadi. Albatta, oshirilgan miqdorda.
IIV xodimlari ish staji yetarli bo‘lmagan taqdirda vazirlik pensiyasidan mahrum qilinadi. IIV boshqarma boshliqlari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Telmanjon Rahaboyev pensiyadan mahrum qilish masalasiga oydinlik kiritdi.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar organlari kalendar hisobida 20 yil ishlagan xodimlarga nisbatan pensiya rasmiylashtiriladi.
Agar xodim 15 yil ishlasa, IIVdan pensiya olmasligi mumkin, lekin u o‘sha ishdan bo‘shaganidan so‘ng uch kun ichida unga mehnat shartnomasi rasmiylashtirib beriladi. Boshqa fuqorolik tashkilotlarida ishini davom ettirib, mehnat qonunchiligi asosida pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga asosan pensiya bilan ta’minlanadi”, dedi Telmanjon Rahaboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy fuqarolik ishlarida ishlagan staji va Ichki ishlar organlaridagi staji qo‘shilgan holda umumiy pensiya tayinlanadi.