Shuhrat G‘aniyev Toshloq va Rishton voqealaridan xulosa chiqarmadi – Madumarov

Jamiyat

Shuhrat G‘aniyev yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning talabi bilan Farg‘ona viloyati, xususan Rishton tumani aholisidan uzr so‘ragan edi. Oradan ikki oy o‘tir-o‘tmas u yana kechirim so‘radi. Bu safar o‘tinib-o‘tinib.

Senat unga yana ishondi, qat’iy ogohlantirdi va 3 oy muhlat berdi. Muhlatdan keyin qanday chora ko‘rilishini esa ochiqlamadi. 

G‘aniyevning ovozi esa birinchi bor internetning kun tartibiga chiqayotgani yo‘q. Avvalroq, uning Toshloq tumani hokimini haqoratlab, toshloqliklarning birortasini Haj safariga jo‘natmaslik bilan dag‘dag‘a qilganini farg‘onaliklar unutgani yo‘q. Nafaqat farg‘onaliklar, balki bu voqealarning kuzatuvchisi bo‘lgan ko‘pchilik G‘aniyevning og‘zidan chiqqan gaplarni so‘zma-so‘z xotirlaydi. Jumladan, senator Tolibjon Madumarov ham. U bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida G‘aniyevning bu xatti-harakati birinchisi emasligini aytdi. 

“Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplari senator sifatida ham, hokim sifatida tahsinga loyiq emas, qoralaydigan holat. Bundan oldin ham Shuhrat G‘aniyevning ovozlari internetda chiqqandi. Toshloq va Rishtondagi voqealar rahbarga ibrat bo‘lishi kerak edi”, deydi senator.

Tolibjon Madumarov Shuhrat G‘aniyevning xatti-harakatlarini oqlamasligini aytib, unga chora ko‘rishlarini talab qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'aniev Tolibjon Madumarov

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing