Qashqadaryoda aka-ukalar MIB xodimini kaltakladi (video)
Jamiyat
−
28 avgust 2019
11664Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida Majburiy ijro byurosi inspektori kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unga video ham ilova qilingan.
Qayd etilishicha, fuqaro Q.J. elektr energiyadan noqonuniy ravishda foydalangan. Ushbu holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirish vaqtida xonadon egasi ukasi Q.S. tomonidan faol qarshilik ko‘rsatib MIB xodimlariga tan jaroxati yetkazilgan.
Shuningdek, aka-ukalar MIB xodimlarini o‘z uyida 2 soat davomida majburiy tarzda ushlab turganligi aytilmoqda. Holat qachon va aynan qayerda yuz bergani noma’lum.
Mazkur holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida ikki nafar MIB inspektori kaltaklangandi. Inspektorlarni urgan fuqarolarga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangandi.
LiveBarchasi