Qorako‘lda gazkondensati o‘g‘rilari ushlandi
Jamiyat
−
22 avgust 2019
6335Shu yilning 16 avgust kuni “Gazlineftgazishlabchiqarish” MCHJning Qorako‘l tuman IIBga murojaat qildi. Unda 15 avgust kuni ushbu MCHJ ga qarashli “Qulbeshkak” gazni kompleks tayyorlash qurilmasi joylashgan cho‘l massividan o‘tgan diametri 325 mm bo‘lgan gaz quvuridan 8 ming 833 tonna gazokondensat mahsuloti o‘g‘irlangani bildirilgan.
DXX Buxoro viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqarolar B.S va uning 3 nafar jinoiy sheriklari ushbu quvurni yashirin tarzda teshib, hosil qilingan teshikka qo‘lbola xamut o‘rnatib, 100 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan 100 metr uzoqlikda gazokondensat mahsulotini jamlash va tindirish uchun o‘zlari tomonidan qazilib, maxsus tashkil qilingan, hovuzga quvurdan o‘g‘irlangan 2 ming 600 litr gazokondensat mahsulotini tindirish maqsadida jamlab turgan vaqtlarida ushlangan.
Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi