“Angren” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Angren” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qarorga muvofiq:

Bekobod shahrining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini qo‘shish hisobiga “Angren” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi; 

2020–2021 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda yangidan qo‘shilayotgan hududda “Angren” EIZning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturga kiritiladi.
Mazkur erkin iqtisodiy zona hududida umumiy qiymati 24,5 mln AQSH dollarilik istiqbolli investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Janubiy Koreya prezidenti Mun Je Inning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Angren” EIZ mazkur davlatning “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga berilishi ma’lum qilingan edi.

Kecha, 26 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazgan va unda Toshkent viloyatidagi holatga alohida diqqat qaratilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Angren erkin iqtisodiy zonasi

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing