Yevropa kengashi raisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Jamiyat
−
27 may 2019
3440Yevropa kengashi raisi Donald Tusk joriy yilning 31 may kuni kechga yaqin O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Xalq so'zi nashri xabar tarqatdi.
Toshkentga tashrif joriy yilning 31 may kuni, Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar doirasida bo‘lib o‘tadi. Tusk 30 may kuni avvaliga Tojikistonga safar uyushtirsa, 31 may kuni, kunning birinchi yarmida Qozog‘istonga boradi. U yerda sobiq Prezident Nursulton Nazarboyev va amaldagi prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.
31 may kuni soat 18:00da Tusk O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi