“Sherbekligizni isbotlang”. Bolalarga “dux” berayotgan pedagog ustidan tekshiruv boshlandi
3-sahifa
−
06 yanvar
46072Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq “Sherbek” ismli bolaga baqirib, "innovatsion" usulda kurs o‘tgan ayolning bu safar duduqlanishdan aziyat chekayotgan bolani so‘kinish orqali hamda qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, ushbu video 2023 yilning dekabr oyida Jizzax shahrida yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan o‘tkazilgan seminardan olingan. Unda ayolning nutq buzilishi bilan og‘rigan bolani qiynab, baqirib dars o‘tayotgani aks etgan. Shuningdek, pedagog bolani davolashda uni turtib, haqoratli so‘zlardan foydalangan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Ushbu holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi