Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l oldi
Sport
−
25 Sentabr 2023 5779 1 daqiqa
Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining badiiy gimnastika bahslarida o‘zbekistonlik gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina final bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chusovitina tayanib sakrash dasturida yana bir bor chempionlik uchun bahs olib boradi. Uning bugun, 25 sentyabr kuni o‘tkazilgan saralash bosqichidagi ikki chiqishi o‘rtacha hisobda 12.949 ballga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Turkiyaning Mersin shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, o‘sha kuni erkaklar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida o‘zbekistonlik sportchi Abdulaziz Mirvaliyev 14,475 ball bilan kumush medalga ega chiqqandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr