Rossiyada o‘zbekistonlik erkak ikki kishini so‘yib tashlashda ayblanmoqda
3-sahifa
−
13 Sentabr 2023
17817Kecha, 12 sentyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida ikkita jasad topildi. Asosiy gumondor esa o‘zbekistonlik migrant ekani aytilmoqda. Bu haqda “Readovka” Telegram-kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, 11 sentyabr kuni 23 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro H.M. (erkak) 56 yoshli ortoped shifokor D.A. ning yashash uyiga o‘z intim xizmatlarini taklif qilib borgan va narx masalasidagi kelishmovchilik sabab mijozi bilan janjallashib ketgan. Oqibatda H.M. 56 yoshli Rossiya fuqarosini oshxona pichog‘i yordamida o‘ldirib, boshini uzib olgan.
Shundan so‘ng u voqea joyidan 600 metr uzoqdagi “Drujba” bog‘iga borib, u yerda qirg‘izistonlik 25 yoshli muhojir do‘sti bilan uchrashgan. Afsuski, bu uchrashuv ham qotillik bilan yakunlangan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, gumondor ikkala jabrlanuvchini ham talon-toroj qilgan.
“Gumondor Moskvada yollanma ishchi sifatida ishlagan. U 10 sentyabr kuni O‘zbekistondan uchib kelgan bo‘lib, ehtimol bir vaqtlar unga nisbatan zo‘ravonlik qilgan fuqarolardan o‘ch olgan. Hibsga olingan shaxs jinoyatlarning sababini ochiqlamagan. U hozirda psixiatriya ekspertizasiga yuborilgan”, deyiladi “Pravda24” xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozir tergov psixiatrik ekspertiza uchun hujjatlar yig‘moqda, shuningdek, kuzatuv kameralaridagi yozuvlar ham o‘rganilmoqda. Rossiya qonunchiligi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarosi H.M.ga nisbatan umrbod qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak KamAZda politsiya idorasiga hujum qilgan edi.