Rossiyada o‘zbekistonlik erkak KamAZda politsiya idorasiga hujum qildi 

Olam

image

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yuk mashinasida politsiya binosiga hujum qildi. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 12 sentyabrga o‘tar kechasi haydovchi KamAZ yuk mashinasida Dzerjinsk shahridagi 2-son politsiya tayanch punkti binosiga yaqinlashib, mashinaga o‘rnatilgan manipulyator kran yordamida beton blokni ko‘tarib, binoga zarba berishni boshlagan. Birinchi zarba kirish eshigiga, yana biri devorga urilgan. Oqibatda, politsiyachilar bino ichida qamalib qolgan, haydovchi esa voqea joyidan qochib ketgan.  

Politsiya bo‘limida “Qal’a” rejimi, shaharda esa “Qo‘lga olish” operatsiyasi boshlangan. Oradan 2 soat vaqt o‘tib, haydovchi qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 24 marta o‘q uzib, transport vositasining g‘ildiragini teshish orqali uni to‘xtatib qolgan.

“Haydovchi nega bunday qilganini tushuntirib berolmadi”, deyiladi xabarda.

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik, ya’ni fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan, jamiyatga nisbatan aniq hurmatsizlikni ifodalovchi jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish) 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik erkak KamAZ yuk mashinasida bir guruh velosipedchilarni bosib ketgan edi. Oqibatda ikki nafar sportchi qiz voqea joyida halok bo‘lgan. 69 yoshli murabbiy va 7 nafar bola esa turli darajada tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston fuqarosi KamAZ Nijniy Novgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing