Rossiyada o‘zbekistonlik erkak yuk mashinasida bir guruh velosipedchilarni bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
08 Sentabr 2023
15040Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik erkak KamAZ yuk mashinasida bir guruh velosipedchilarni bosib ketdi. Bu haqda Sankt-Peterburg politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 sentyabr kuni soat 10:40 larda 31 yoshli KamAZ haydovchisi orasida 14-15 yoshli velosipedchilar bo‘lgan guruhni kuzatib borayotgan o‘zidan oldingi Ford’ning ortidan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda ikki nafar sportchi qiz voqea joyida halok bo‘lgan. 69 yoshli murabbiy va 7 nafar bola esa turli darajada tan jarohati olgan.
“Fontanka”ga ko‘ra, haydovchi Rossiyada qonuniy ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Sankt-Peterburg politsiyasi uning hibsga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.
Mazkur hodisadan so‘ng, Viborg shahri tomon harakatlanish butunlay to‘sib qo‘yilgan, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi