Rossiyada o‘zbekistonlik erkak yuk mashinasida bir guruh velosipedchilarni bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
08 Sentabr 2023
15009Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik erkak KamAZ yuk mashinasida bir guruh velosipedchilarni bosib ketdi. Bu haqda Sankt-Peterburg politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 sentyabr kuni soat 10:40 larda 31 yoshli KamAZ haydovchisi orasida 14-15 yoshli velosipedchilar bo‘lgan guruhni kuzatib borayotgan o‘zidan oldingi Ford’ning ortidan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda ikki nafar sportchi qiz voqea joyida halok bo‘lgan. 69 yoshli murabbiy va 7 nafar bola esa turli darajada tan jarohati olgan.
“Fontanka”ga ko‘ra, haydovchi Rossiyada qonuniy ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Sankt-Peterburg politsiyasi uning hibsga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.
Mazkur hodisadan so‘ng, Viborg shahri tomon harakatlanish butunlay to‘sib qo‘yilgan, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr