Robaxon Mahmudova Andijonda saylovchilar bilan uchrashdi

Biznes

image

Ayni kunlarda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning mamlakatimiz hududlari bo‘ylab saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Saylovoldi dasturida huquqiy davlat qurish, ijtimoiy adolatni va milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, ilm-fan, инноvaция­лар va ta’lim sohasini barqaror rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilishga doir takliflarini ilgari surayotgan partiya nomzodning vodiylik saylovchilar bilan uchrashuvlari Andijon viloyatidan boshlandi.

Boy tarixga ega, ko‘rkam Shahrixon tumanida tashkil etilgan uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab uchrashuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili Inomjon Qudratov tomonidan tadbir ishtirokchilariga nomzod haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova saylovchilar bilan yuzlashib, mamlakat rivoji, fuqarolar farovonligi yo‘lida amalga oshirishga qaratilgan g‘oya va maqsadlari aks etgan Saylovoldi dasturi, unda ilgari surilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.

Ta’kidlanganidek, nomzodning Saylovoldi дас­турида Vatan taraqqiyoti yo‘lida huquqiy demokratik, ijtimoiy davlat va barcha uchun farovonlik ta’minlangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishning sotsial-demokratik modeli taklif etilmoqda.

Aytish joizki, nomzod dasturida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi haqidagi конституция­вий prinsip davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida таъкид­ланиб, xalq hokimiyatining yorqin timsoli bo‘lmish vakillik демократия­си institutining roli va ahamiyatini yanada oshirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jamiyatning innovatsion, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va inson kapitalini ривож­лантириш kabi masalalarda izchil takliflarning ilgari surilayotgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, dasturda subsidiyalar berish tizimini yanada takomillashtirish va maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bojxona va soliq imtiyozlarini takomillashtirish, imtiyozlarni aniq sohalarga berish, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirishni nazarda tutuvchi takliflar ilgari surilmoqda.

Uchrashuv davomida nomzodning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili Malohatxon Musayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oltinoy Ma’mirova, xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati O‘tkirbek Arziqulov va partiya faoli Oysuluv O‘roqovalar so‘z olib, prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudovaning Saylovoldi dasturi yurtparvar g‘oya va maqsadlar jamlanmasi ekanligini e’tirof etish barobarida, yig‘ilganlarni kutilayotgan muhim siyosiy tadbirda Robaxon Mahmudovaga ovoz berishga chaqirdi.

Tadbir yakunida prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova saylovchilarning savollariga aniq va batafsil javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etadi.

adolat.uz | Facebook | Telegram | Instagram |  Twitter  |  YouTube


Maqola muallifi

Teglar

Adolat SAYLOV 2023

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing