Odamlar nima deydi? Erdo‘g‘anning davri o‘tdimi?

Olam

O‘zbekistonda Turkiya Prezidenti saylovi boshlandi north_east

O‘zbekistonda Turkiya Prezidenti saylovi boshlandi

Shu yilning 14 may kuni Turkiyada Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Allaqachon gavjum ko‘chalar targ‘ibot bannerlari bilan to‘lgan. Ayrim ijtimoiy tadqiqot markazlari odamlar orasida so‘rovnomalar ham o‘tkazib ulgurdi. Unga ko‘ra, kutilayotgan saylovlardan ikki hafta oldin muxolif saylovchilar Kamol Qilichdoro‘g‘li atrofida birlashish tendensiyasini ko‘rsata boshlagan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘li birinchi tur taqsimotida 47,4 foiz ovoz bilan Erdo‘g‘andan 3 ball oldinga chiqqan.

Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lgan QALAMPIR.UZ muxbiri odamlar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, turkiyaliklarga “saylovdan keyin o‘zgarish bo‘lishiga ishonasizmi?” degan savol bilan yuzlandi.

Respondentlarning ko‘plari Turkiya iqtisodiy inqirozni boshdan o‘tkazayotganini yashirmadi.

“Xudo xohlasa o‘zgarish bo‘ladi, o‘zgarishlarni kutyapmiz. Ya’ni iqtisodiyotimiz o‘zgarishidan umid qilamiz. Sarmoyalar qilinganidan so‘ng, sekin-asta iqtisodiyot o‘nglanadi. Hozirgiday qolmasa kerak”.

Erdo‘g‘an hukumatga kelganidan buyon ancha ishlarni qilganini aytgan respondentlardan biri, saylovda aynan Rajab Toyibga ovoz berishini yashirmadi.

“Erdo‘g‘anga ovoz beraman. Hech narsa o‘zgarmaydi. Shundoq ham hamma o‘zgarishlar bo‘lyapti. Oshxonalar, do‘konlar, kasalxonalar. Hozir butun dunyoda iqtisodiy inqiroz yuzaga kelgan. Odamlar [Erdo‘g‘anni] “Hamma narsa qimmat”, “o‘g‘ri” ham deb ayblamoqda. O‘g‘ri bo‘lsa shuncha ishni qanday qilib bajardi? Undan yana nima qilishini kutishyapti? Iqtisodiy inqiroz davrida shuncha ish: yo‘llar, ko‘priklar, kasalxonalar, maktablar… Bular qilinishi kerak bo‘lgan ishdir, ammo Erdo‘g‘andan avval hech kim qilmadi”.

Bir necha yildan buyon davlatni boshqarayotgan Erdo‘g‘anning hukumatdan ketishini istaganlar ham yo‘q emas.

“Erdo‘g‘an 20 yil mamlakatni boshqardi. Biroz o‘zgarish bo‘lsin, hukumatga boshqa odam kelsin”.

Ma’lumot uchun, Turkiyadani boshqarish uchun 4 nafar nomzod kurashmoqda.

Kamol Qilichdoro‘g‘li

“Jumhuriyat xalq”, “Saodat”, “Da’vo”, “Demokrat”, “Kelajak” va “Yaxshilik” partiyalaridan iborat Millat Ittifoqidan prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li, mustahkamlangan parlament tizimiga o‘tishni va’da qilgan va Millat ittifoqi soyaboni ostida birlashgan.

Muharram Inje

“Vatan” partiyasi rahbari Muharram Inje, imzolash jarayoni boshlanganining 4-kunida 100 ming imzo to‘pladi va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun belgilangan chegaradan o‘tdi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an 

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi, “Millatchilik harakati” partiyasi, “Buyuk birlik” partiyasi va “Qayta farovonlik” partiyasidan tashkil topgan Xalq ittifoqidan prezidentlikka nomzod bo‘ldi.

Sinan Og‘an

Ittifoq “G‘alaba”, “Adolat”, “To‘g‘ri”, “Turkiya ittifoqi” va “Mening yurtim” partiyasidan iborat “Ajdodlar” Alyansidan Sinan Og‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing