Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?
Jamiyat
−
12 mart
34772O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 2025 yilning 21 mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 21 martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
21 mart juma kuniga to‘g‘ri keladi. 20 mart, payshanba kuni maktablarda III chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi. IV chorak darslari 28 mart, juma kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonliklar 8 mart va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

