Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekistonda Turkiya Prezidenti saylovi boshlandi

Olam

Shu yilning 14 may kuni Turkiyada Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Davlatni boshqarish uchun 4 nomzod kurashga kirgan. 

Ular:

Kamol Qilichdoro‘g‘li

“Jumhuriyat xalq”, “Saodat”, “Da’vo”, “Demokrat”, “Kelajak” va “Yaxshilik” partiyalaridan iborat Millat Ittifoqidan prezidentlikka nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li, mustahkamlangan parlament tizimiga o‘tishni va’da qilgan va Millat ittifoqi soyaboni ostida birlashgan.

Muharram Inje

“Vatan” partiyasi rahbari Muharram Inje, imzolash jarayoni boshlanganining 4-kunida 100 ming imzo to‘pladi va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun belgilangan chegaradan o‘tdi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an 

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi, “Millatchilik harakati” partiyasi, “Buyuk birlik” partiyasi va “Qayta farovonlik” partiyasidan tashkil topgan Xalq ittifoqidan prezidentlikka nomzod bo‘ldi.

Sinan Og‘an

Ittifoq “G‘alaba”, “Adolat”,  “To‘g‘ri”, “Turkiya ittifoqi” va “Mening yurtim” partiyasidan iborat “Ajdodlar” Alyansidan Sinan Og‘an Turkiya Prezidentligi uchun kurashmoqda. 

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida 5 may kuni muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.

O‘zbekistonda yashaydigan Turkiyaliklar Toshkent va Samarqanddagi Turkiya elchixonasi va konsullik binolarida ovoz berishlari mumkin.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarning aytishicha, O‘zbekistonda yashayotgan turkiyaliklarning saylovda ishtirok eshitishi juda muhim. Elchixonada 5 may kuni muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida 6 mayning ikkinchi yarmiga qadar 900 dan ortiq odam ishtirok etgan.

“Xabaringiz bor, 14 may kuni Turkiyada Prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shu sababli Turkiyadan tashqari 73 ta davlatdagi 151 ta elchixona va konsulliklarda muddatidan oldin ovoz berish ishlari boshlangan. O‘zbekistonda esa 5-6-7 may kunlari kechki soat 21:00 ga qadar Turkiya fuqarolari ovoz berish jarayonlarida qatnashishlari mumkin. Fuqarolarning demokratik huquqlari juda muhim hisoblanadi. Shu sababli barcha o‘zbekistonda yashaydigan Turk fuqarolarning ovoz berish jarayonlariga taklif qilib qolamiz. Shu o‘rinda O‘zbekiston hukumatiga saylovni muddatidan oldin o‘tkazishda ko‘mak berganlari uchun minnatdorlik bildiramiz”, deydi Olgan Bekar.

Saylov byulletenlari Turkiyadan maxsus muhr bosilgan holda olib kelinadi. Ovoz berish yakunlangach, barcha konvertlar qopga solinib, bir guruh kuzatuvchilar tomonidan Turkiyaga olib boriladi. Yuqori saylov komissiyasi a’zolari Istanbul aeroportida ularni kutib olishadi va konvertlar 14 mayda saylov o‘tganidan so‘ng ochiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing