Rasman: Ukraina tobora qurolsiz qolmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Qurolli Kuchlari janglarda harbiy texnikasining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Vladimir Karpenko ma’lum qildi. 

"Men faqat og‘ir qurollar haqida gapiryapman. Bugun bizda faol janglar natijasida 30-40%,  ba’zan esa 50% gacha texnik yo‘qotishlar bor. Shunday qilib, biz 50% ga yaqinini yo‘qotdik”, deya Karpenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukraina nashri.

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, 1300 ga yaqin piyoda askarlarning jangovar mashinalari,  400 ta tank, 700 ta artilleriya tizimi ishdan chiqqan.  

Karpenkoning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlaridan qurol yetkazib berish Ukraina ehtiyojlarining 15 foizini qoplaydi.  

“Biz juda ko‘p sonli qurol-yarog‘ tizimlarini oldik, ammo, afsuski, bunday katta sarflangan resurs bilan ular bizning ehtiyojlarimizning atigi 10-15 foizini qoplaydi. Bizga artilleriya kerak, artilleriya o‘q-dorilari, piyoda askarlarning jangovar mashinalari, tanklar kerak.  Bizga haqiqatan ham havo hujumidan mudofaa tizimlari va reaktiv otishma tizimi kerak”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari janglarda vayron qilingan 700 ta artilleriya tizimini to‘ldirishi kerak, G‘arbdan esa bor-yo‘g‘i 100 ta shunday tizim olingan. 

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak bir sutkada Ukrainaning 100 dan 200 nafargacha harbiy xizmatchilari halok bo‘layotganini ma’lum qilgandi.  U katta yo‘qotishlarning asosiy sababi sifatida RF Qurolli Kuchlari va Ukraina Qurolli Kuchlari imkoniyatlari o‘rtasidagi tenglik yo‘qligini keltirgan edi. Bundan oldin Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Kiyevning kuniga 100 askari halok bo‘layotgani va 500 ga yaqin askar yaralanganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

704

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing