Benzema “Real”dagi gollar soni bo‘yicha Raulga tenglashib oldi  

Sport 2447
image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema kecha, 12 may kuni La liganing 36-turi doirasidagi “Levante”ga (6:0) qarshi o‘yinda joriy mavsumdagi 44-golini urdi. 
 
Fransiyalik futbolchi bahsda Vinisius Juniorning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasiga to‘p kiritdi. Bu Benzemaning joriy mavsumda “Real” safida 44 o‘yinda kiritgan 44-goli bo‘ldi.
 
Shuningdek, fransiyalik hujumchi mazkur golidan so‘ng “Real Madrid”ning barcha vaqtlardagi to‘p urarlari ro‘yxatida Raul bilan tenglashib oldi. Ikkala futbolchi hisobida ham 323 ta gol mavjud. Mazkur ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu 450 ta gol bilan hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Hozirda 34 yoshli hujumchi La liganing 31 o‘yinida 27 gol urgan holda Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘p urari bo‘lib turibdi. Eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “Selta” hujumchisi Iago Aspas hisobida esa 35 uchrashuvda 18 ta gol mavjud.

Kamronbey Kenjayev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 21
Reyting: 3.1
Teglar
t
×