Yer ostiga yashirinayotgan ukrainaliklar tunni qanday o‘tkazdi? Ular orasida o‘zbeklar ham bor (fotoreportaj)

Olam

image

Rossiya bosqini ostida qolayotgan Ukraina aholisi kecha tunni metro bekatlarida o‘tkazdi. Katta ehtimol bilan ular hamon yer ostida qolmoqda. Aholining ba’zilari oilalari bilan hayotiy eng muhim vositalar – issiq kiyimlar, ko‘rpa-to‘shak, adyollar, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ayrimlar uy hayvonlarini ham olib kelgan. Minglab odamlar marmar qoplangan polda, zinapoyada yoki vagonlarning o‘rindiqlarida uxlagan. Kimdir olib kelgan adyoliga bosh qo‘yib, qolganlar esa shunchaki sumkasiga suyanib, uxlagan.

Kiyevlik Yelenaning “Fan” federal yangiliklar agentligiga aytishicha, u va uning qarindoshlari o‘sha tunni “Teremki” metro bekatida o‘tkazgan.

“Kechasi shovqinli edi. Hamma portlashlar ovozini eshitdi. Odamlar qo‘rqyapti, ko‘pchilik hali ham metroda qolmoqda. Ko‘chalarda odam kam, sirenalar qichqiryapti”, deydi kiyevlik ayol.

Metroda tunab qolgan ba’zi ayollar dush qabul qilish va ovqat pishirish uchun uyga qaytishni xohlaygan.

“Kecha ertalab soat oltida biz portlashlar ovozidan uyg‘ondik. Kun davomida tinch edi. Bugun esa yana ertalab soat yettida sirena ovozi eshitildi. Onam va mushugim bilan metroga qochib keldik. Deyarli ikki soatdan beri shu yerdamiz. Men bu haqiqatan ham sodir bo‘layotganiga ishonmayman. Bu juda qo‘rqinchli”, deydi Kiyevda yashovchi Daria.

Shu bilan birga, aholining so‘zlariga ko‘ra, metro ishchilari odamlarga yordam bergan, suv olib kelgan, hojatxonalarni ochib, telefonlarni quvvashga imkon yaratgan.

“Xarkovning boshqa aholisi singari, men ertalab soat 05:00 da uyg‘ondim va oilamni metroga olib borishga qaror qildim. Keyin ular xotirjamlik bilan polni egallab, o‘zlarida bo‘lgan narsalarni: karton qutilar, ko‘rpa-to‘shakdan tortib yostiqlargacha yoydi va jimgina kutishni boshladi. Biz o‘zimizni telefonlarga ko‘mib, bir-birimizga hisobot berdik. Bolalar ko‘p edi. Biz hammamiz kechasi tinchgina o‘tirdik, kutdik va ishondik”, deydi xarkovlik Yelena.

Metro stansiyasida tunaganlar orasida Xarkovda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ham bor. Xarkov Milliy texnika universiteti 4-bosqich talabasi Xushnud O‘tkirov ham boshqa 25 nafar o‘zbekistonlik talabalar bilan metroning Pushkin bekatida tunadi. 

"Odam ko‘p edi. 24 fevral kuni soat 15:30 atrofida bizdan yotoqxonani tark etishimiz va yaqinimizdagi metro bekati stansiyasiga yashirinishimiz kerakligi aytildi. Kerakli narsalarni olib, aytilgan joyga bordik. Odam juda ko‘p edi, metro harakati to‘xtatilgan. Tun osuda o‘tdi. Ertalab soat 6 da telefonimni quvvatlash uchun yana yotoqxonaga qaytdim", deydi o‘zbekistonlik Xushnud Ro‘ziyev QALAMPIR.UZ bilan suhbatda.

People take shelter in a subway station, after Russian President Vladimir Putin authorized a military operation in eastern Ukraine, in Kyiv, Ukraine February 24, 2022.  REUTERS/Viacheslav Ratynskyi

People take shelter in a subway station in Kyiv, Ukraine. REUTERS/Valentyn Ogirenko

Украинцы рассказали, как провели ночь в metro Киеva и Xarkovа

People take shelter in a subway station, after Russian President Vladimir Putin authorized a military operation in eastern Ukraine, in Kyiv, Ukraine February 24, 2022.  REUTERS/Viacheslav Ratynskyi

People take shelter in a subway station, after Russian President Vladimir Putin authorized a military operation in eastern Ukraine, in Kyiv, Ukraine February 24, 2022.  REUTERS/Viacheslav Ratynskyi

People take shelter in a subway station, after Russian President Vladimir Putin authorized a military operation in eastern Ukraine, in Kyiv, Ukraine February 24, 2022. REUTERS/Valentyn Ogirenko

People are seen in a subway station, after Russian President Vladimir Putin authorized a military operation in eastern Ukraine, in Kyiv, Ukraine February 24, 2022. REUTERS/Valentyn Ogirenko


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

550

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing