Orban saylovda mag‘lub bo‘ldi. Vengriyada bosh vazir o‘zgaradi
Olam
−
13 aprel 5992 2 daqiqa
Vengriyadagi parlament saylovarida Bosh vazir Viktor Orban mag‘lubiyatni tan oldi va hatto muxolifatda bo‘lsa ham mamlakatga xizmat qilishini bildirdi. Bu haqda u kecha, 12 aprel kuni mamlakat poytaxti Budapeshtda, o‘z tarafdorlariga qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
Orban tarafdorlariga murojaat qilar ekan, “qanday bo‘lmasin, biz mamlakatga xizmat qilishda davom etamiz” deya ta’kidlagan.
Saylov natijalariga ko‘ra, muxolifat yetakchisi Peter Madyar va uning “Tisa” partiyasi parlamentda katta ustunlikka erishmoqda. Ovozlarning qariyb 85 foizi sanab chiqilganidan so‘ng, partiya 199 o‘rindan 138 tasini qo‘lga kiritishi mumkinligi ma’lum qilindi, bu esa 3/2 ko‘pchilikni anglatadi. Shu bilan birga, saylovchilar faolligi rekord darajaga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Viktor Orban saylovdan oldin raqibi Peter Madyarni telefon orqali tabriklagan.
Peter Madyar ham o‘z tarafdorlari oldida so‘zga chiqib, g‘alabasini e’lon qilgan.
“Biz birgalikda Orban tizimini almashtirdik va Vengriyani ozod qildik – mamlakatimizni o‘zimizga qaytardik”, degan u.
62 yoshli Orban 2010 yildan buyon hokimiyatda edi. Bu galgi saylovlarda esa 45 yoshli Madyar ilk bor jiddiy raqobatchi sifatida maydonga chiqib, g‘alabani ilib ketdi. U korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimli islohotlar o‘tkazish va yangi konstitutsiya ishlab chiqishni va’da qilgan. Shuningdek, u Vengriyani Rossiyadan uzoqlashtirish va NATOdagi ishonchli hamkor sifatidagi rolini tiklash tarafdori ekanini bildirgan.
Orban esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Yevropadagi asosiy hamkorlaridan biri sanaladi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Orbanni qo‘llab-quvvatlagan. U agar Orban bosh vazirlikda qolsa, AQSH Vengriyaning gullab-yashnashiga hissa qo‘shishga tayyorligini aytgan.
Live
Barchasi